Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Qora Qosh qishlog‘i Mustaqillik mahallasi Mustaqillik ko‘chasi

blog
  • Yangiliklar
  • 27-03-2023, 14:53

9-maktabda Navro'z bayrami

Sayyodxon:    Bahor gullaridan guldasta sizga,

                            Chin qalbim tabrigi payvasta sizga.

                            Bir asr yashang-u yana nim chorak,

                            Navro`zi olam bo`lsin muborak.Navro`z muborak

Qalandar:   Bolalar varragi uchmoqa hamon,

                            Osmonda qushlar ham uchmoqda hamon

                            Bulutlar qo`shilib suzmoqda hamon,

                            Xush kelding bahorim xush kelding navro`z.

S:  Assalomu alaykum hurmatli ustozlar va aziz oquvchilar barchangizni kirib kelayotgan bahor ayyomi Navro`z bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.

Q: Navro`z shodiyonasini ochib berish uchun so`zni maktabimiz---------------------ga beramiz.

S: Qadrli ustozlar va aziz o`quvchilar bugungi tadbirimiz maktabimizning 9-sinf o`quvchilari boshchiligida bo`lib o`tadi. 

Q: Demak navbat 9-sinf o`quvchilariga marhamat.

   S:     Ona bag`ri kabi iliqdir olam

      Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.

     Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig` gam,

      Demak bahor keldi,kelmoqda navro`z.

Q:   Yana ko`ngillardan rutubat ketdi,

      Yana shu`lalardan qamashmoqda ko`z.

      Yana diydorlikning fursati yetdi,

      Demak bahor keldi,kelmoqda navro`z.

Navbat maktabimizning 3-sinf o`quvchilari ishtirokidagi raqsga

S: Anhorlar oqmoqda suvlarga to`lib.

   Shukronalik aytdim tinchlikni ko`rib.

    Mustaqil diyorga bezaklar bo`lib.

    Xush kelding bahorim,xushkelding navro`z.

Q: Navro`zda ulashing ezgu tilaklar.

    Axir tilak bilan, kamaymaydi so`z

    Bahor gullaridek yashnab yuraklar,

    Xush kelding bahorim, xush kelding navro`z.

 Azizlar davramizga Bahoroy,Navro`zoy va bobodehqonlarni taklif qilamiz.

S: Ko`rk fayz bag`ishlading , butun olamga

Gul-u boychechaklar,har bir qadamda

Tashrifing sezildi g`zal bu damda

Xush kelding navro`zoy ona yurtimga

Q:  Jonlanib uyg`onar ona tabiat,

     Bobodehqonlarga har dam g`animat,

    Yaratgandan in`om,bizga inoyat

     Xush kelding Navro`zoy ona yurtimga

Endigi navbatni maktabimizning 7-sinf qizlariga Vatan qo`shig`iga raqs .Marhamat

S:  Bugun navro`z bayrami 

     Zo`r tantana hamma shod.

     Ona Yurtda quvnaymiz,

       Baxtiyormiz umrbod.

Q:    Navro`z keldi yurtimga,

       Dalalarga shoshaylik.

       Keling,do`stlar barchamiz

         Kuy, qo`shiqlar kuylaylik

Navbat 3-sinflarga marhamat

S: Azizlar endigi chiqishlarimiz sizlarga manzur bo`ladi deb o`ylaymiz  chunki...

Q: Chunki 9-sinf o`quvchilari bir qator anana va udumlarimizdan iborat sahnalarni tayyorlab qo`yishgan.Marhamat.

Sarvar va Nigina uchrashuvidan keyin  navbat 8-sinf qizlariga Gulim nomli raqsga beramiz marhamat

Kamola bilan uchrashuvdan keyin .....3-sinflarga navbat marhamat

S:  Bahoringga biram yarashgan

    Har insonga mehr ulashgan.

   Sumalakka halimga shoshgan

   Navro`zingdan aylanay sening

Q:   Gullolalar tizilgan marjon

      Omonlikka yetsin-da har jon.

       Yuraklarda ajib hayajon,

       Navro`zingdan aylanay sening    .

Endigi navbat 6-sinf qizlariga raqs marhamat.

To`yning davomi beriladi va yakunlanadi. Yakunlash uchun so`z navbati beriladi.



Manzil

  • Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Qora Qosh qishlog‘i Mustaqillik mahallasi Mustaqillik ko‘chasi
  • +998 (94) 112-44-20
  • info@www.xonqa9-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Декабрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Yil dasturi

Maktab manzili